Sal avval bugun Andijonda avtobus va yuk mashinasi ishtirokida ayanchli YTH sodir bo`lgani haqida xabar bergan edik.
YHXBB ma`lumotiga ko`ra, yo`lda qayta ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi sababli joriy yilning 18 noyabr kunidan buyon yo`lning bir tomonida 1100 metr masofada ta`mirlash ishlari "Rezina Optima Standart" MChJ tomonidan "Avtomobil yo`llari to`g`risidagi" O`RQ-117-son Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 342-sonli qarorining 1-ilovasi 13,14,15,16,18-bandlariga zid ravishda Davlat yo`l harakati xavfsizligi xizmati organlari bilan kelishilmasdan olib borilayotganligi sababli transport vositalarining harakati qarama qarshi tomonidan tashkil etilgan.
Yuqoridagi qaror talablari bajarilmaganligi sababli 26 noyabr kuni haydovchi, 1993 yilda tug`ilgan J.A. "Isuzu" rusumli avtobusda bir tomonlama tashkil etilgan yo`lda harakatlanayotib, quyuq tuman tushganligi va ko`rinish masofasi cheklanganligi uchun "Howo" rusumli yuk avtomobili bilan to`qnashgan.
Hodisa natijasida 3 nafar avtobus yo`lovchilari vafot etgan, jami 31 nafar fuqarolar, jumladan yuk avtomobili haydovchisi ham turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Andijon viloyati IIB huzuridagi TB tomonidan jinoyat qodeksining 266-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.






