Qoraqalpog`iston Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv boshqarmasi bo`limi boshlig`i Polat Shamshetov Jinoyat kodeksining 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan qilmish — ommaviy tartibsizliklar sodir etganlikda ayblanmoqda. Bu haqda ayni paytda 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklarga doir jinoyat ishi yuzasidan Buxoroda bo`lib o`tayotgan ochiq sud majlisida ma`lum qilindi.
Sud jarayonida ishtirokchilarining ismlari birma-bir e`lon qilindi. Avvaliga asosiy ayblanuvchilar - Dauletmurat Tajimuratov, Azamat Turdanov va Lolagul Kallixonovalarning ismlari tilga olindi.
Shuningdek, ma`lum qilinishicha, ayblov xulosasiga ko`ra Nukus shahridagi tartibsizliklar natijasida 6 mlrd. 681 mln. 247 ming 508 so`m moddiy zarar etkazilgan.
Sud jarayoni qoraqalpoq tilida olib borilmoqda va davom etmoqda.
Eslatib o`tamiz, sudda 22 kishiga nisbatan jinoyat ishi ko`rib chiqilmoqda.