Avval xabar qilganimizdek, Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish bo`yicha ochiq sud jarayonlari davom etmoqda. Sal avval ularning har biriga qanday ayblov qo`yilayotgani ma`lum qilindi. Shuningdek, Nukus voqealarida ayblanayotganlar orasida IIB mulozimi ham borligi ma`lum bo`ldi.
Bir muddat avval, Milliy gvardiya hamda Bosh prokuratura mas`ullarining iyul oyidagi ommaga e`lon qilgan ma`lumotlarida namoyishlardagi ishtiroki uchun 516 kishi qo`lga olingani aytilgan edi. Ayni paytda 22 nafar aybdorga nisbatan sud ishi ko`rilishi jarayonida, jamoatchilikda qolgan ishtirokchilar qaerda degan savol paydo bo`ldi.
Qoraqalpog`iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o`rganish bo`yicha komissiyaning ma`lum qilishicha, sud jarayonlarida 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko`rib chiqilayotgan bo`lsa, qo`lga olinganlarning 107 nafari jamoat kafilligi va qamoq ehtiyot chorasi uy qamog`i tarzidagi ehtiyot chorasiga almashtirilishi orqali o`z oilasi bag`riga qaytarilgan.
Qolgan shaxslar esa ma`muriy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga doir:
Sudlanuvchilardan biri Dauletmurat Tajimuratovni "firibgar" va "jinoyatchi" deb atadi