AsosiyJamiyat

Ichki ishlar xodimini o`ldirishda ayblangan shaxs qo`lga olindi

'Ichki ishlar xodimini o`ldirishda ayblangan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, shu tun Toshkentda chaqiruv bo`yicha voqea joyiga etib borgan IIB xodimi o`ldirildi

Ayni paytda Bosh prokuratura Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Olmazor tumanida IIO FMB profilaktika inspektori qasddan o`ldirilganligi holati yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.  

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent shahar Olmazor tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant N.Bobomurotovning hayotiga tajovuz qilgan fuqaro B.Z.  qo`lga olinib, prosessual tartibda chora ko`rish uchun prokuratura organlariga topshirildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Matbuot kotibi Shohruh G`iyosov xabar berdi. 

    Boshqa yangiliklar