Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo`yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko`rib chiqish davom etmoqda.
“Makan” internet-nashrining sobiq ma`muri Lolagul Kallixonova Qoraqalpog`istonda ro`y bergan tartibsizliklar bo`yicha Buxoro viloyatida o`tkazilayotgan sudda o`z aybiga to`liq iqror bo`ldi.
“Makan” kanalining sobiq admini sobiq advokat Dauletmurat Tojimuratov tomonidan tashkil etilgan va ijtimoiy tarmoqlar orqali separatizm g`oyalari va ommaviy tartibsizliklarga chorlovchi uyushgan guruhga qo`shilgan.
Lolagul Qallixonova qilmishidan pushaymon bo`lib shunday dedi:
“Biz juda katta xatoga yo`l qo`ydik, o`z yurtimizga tosh otdik”.
Ayblanuvchi, shuningdek, bu holatlar aholini bunchalik darajada ko`tarilib ketishini bilmaganligi, D. Tajimuratovning aldoviga uchganligi, ushbu qilmishi oqibatida odamlar vafot etganligi, ularning o`limida esa o`zini ham aybdor deb bilishini, shu sababli o`zini kechirmasligini, o`ziga qo`yilgan barcha ayblovlarni to`liq tan olishini bildirdi.
Xususan, sud tergovi davomida so`roq qilingan sudlanuvchi L. Kallxanova o`z ko`rsatmalarida aybiga to`liq iqrorligini va qilgan ishidan chin ko`ngildan pushaymonligini bildirdi.






