AsosiyJamiyat

Hindistonlik investorning Toshkent shahar hokimiga qo`ygan ayblovlari tekshirilmoqda

'Hindistonlik investorning Toshkent shahar hokimiga qo`ygan ayblovlari tekshirilmoqda'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, "Minerva city" kompaniyasi vakilining OAVga bergan intervyusi muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Unda Minerva City asoschisi Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevni shantaj qilishda aybladi. “Ortiqxo`jaev menga yoki 100 mln dollar berasan, yoki Lake City loyihasidan voz kechasan, dedi”, - degan edi u. 

Bosh prokuratura "Minerva World of Knowledge" kompaniyasi asoschisi, hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalanning bayonotini tekshirishni boshladi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, 29 noyabr kuni Bosh prokuraturaga Toshkent shahar hokimi nomidan hindistonlik tadbirkor Murari Lal Jalanning bayonotiga huquqiy baho berish va natijasi bo`yicha qonuniy chora ko`rish haqida xat kelib tushgan. Shu asosda Bosh prokuratura tomonidan tekshirish ishlari olib borilmokda.

 

Boshqa yangiliklar