Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining uchinchi kungi bahslarida suzish bo`yicha bellashuvlar bo`lib o`tdi.
200 metrga kompleks usulda suzish bahslarida O`zbekiston sharafini ikki sportchi himoya qildi. Jumladan, musobaqaning ilk kunida 100 metrga batterflyay usulida suzishda bronza medalini qo`lga kiritgan Fotimaxon Amilova ushbu yo`nalishda kumush medaliga sazovor bo`ldi.
O`zbekistonlik yana bir sportchi Shoxsanamxon Toshpo`latova mazkur yo`nalishda marraga uchinchi etib keldi va Paralimpiya o`yinlarining bronza medalini qo`lga kiritdi.





