Amputant futbolchilarga avtomobil sovg`a qilinadigan bo`ldi

Jamiyat 01.12.2022, 13:58
Amputant futbolchilarga avtomobil sovg`a qilinadigan bo`ldi

Turkiyada o`tgan amputantlar o`rtasidagi jahon chempionatida 3-o`rinni qo`lga kiritgan O`zbekiston futbol jamoasi a`zolari ularga etarlicha e`tibor qaratilmayotgani, faqat 10 mln so`mdan mukofot puli berilgani, boshqa chempionlardan farqli tazda odam ajratish bo`layotganidan norozi bo`lishgan edi.

Katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan video sabab Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov  sportchilar bilan uchrashib, ularni qo`shimcha rag`batlantirilishiga va`da bergan edi.

Zamon.uz"  jahon chempionatida g`olib va sovrindor bo`lgan O`zbekiston amputant futbolchilar terma jamoasi a`zolari qo`shimcha rag`batlantirilishiga qaror qilingani haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, O`zbekiston amputant futbolchilar terma jamoasi a`zolari "Chevrolet Cobalt" avtomobili bilan taqdirlanadi.

Matonatli futbolchilarimizga ushbu mukofotlar 3 dekabr – xalqaro nogironlar kuni arafasida topshiriladi.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1