AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 10 oyda ichki ishlar organlarining 25 nafar xodimi vafot etgan

'O`zbekistonda 10 oyda ichki ishlar organlarining 25 nafar xodimi vafot etgan'ning rasmi

Joriy yil 10 oyida ichki ishlar organlarining 25 nafar xodimi vafot etgan (9 nafari yo`l-transport hodisasi oqibatida, 16 nafari xizmat vazifasini bajarish vaqtida). Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi mutsaddilari ishtirokida o`tkazilayotgan matbuot anjumanida ma`lum qilindi.

Shuningdek, 2022 yil 10 oyi davomida ichki ishlar organlarining 284 nafar xodimi turli darajada tan jarohati olib, aksariyati olgan tan jarohati oqibatida orttirilgan nogironlik holati yoki xizmatga yaroqsizligi sababli, sog`lig`ining holatiga ko`ra ichki ishlar organlaridan bo`shatilgan.

Qayd etilishicha, ijtimoiy ta`minot faoliyati shaffofligini ta`minlash, xodimlarning ushbu masalalardagi murojaatlarini onlayn qabul qilish, ortiqcha ovoragarchiliklar oldini olish maqsadida elektron dasturi yaratilgan.

"Ichki ishlar organlari xodimlarini ijtimoiy himoya qilish tizimini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to`g`risida" 2022 yil 8 fevraldagi PQ–118-son Prezident qaroriga muvofiq, 7 ta yangi imtiyoz amaliyotga tadbiq etildi.

Eslatib o`tamiz, 30 noyabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida tezkor chaqiruv bo`yicha manzilga borgan profilaktika inspektori xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida, muqaddam sudlangan 30 yoshli erkak tomonidan o`ldirilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar