"Otasi vafot etgan, onasi Turkiyada". Toshkentda o`zini osib qo`ygan 12 yoshli qiz bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Jamiyat 02.12.2022, 08:49
"Otasi vafot etgan, onasi Turkiyada". Toshkentda o`zini osib qo`ygan 12 yoshli qiz bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

Avval xabar qilganimizdek, Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumanida 7-sing o`quvchisi yashash hovlisidagi daraxtga o`zini osib qo`ydi

Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. 

Ma`lum qilinishicha, qiz Mirzo Ulug`bek tumani xalq ta`limi bo`limi tasarrufidagi 241-sonli umumta`lim maktabida o`qigan. 

2022 yil  28 noyabr kuni taxminan soat 18:00 atrofida 241-maktab 7-A sinf  o`quvchisi 2010 yilda tug`ilgan Mirzo Ulug`bek tumani Oltinpeta ko`chasi 203-uyda yashovchi voyaga etmagan  Z.A o`zining yashash hovlisidagi daraxtga o`zini o`zini osgan va vafot etgan.

O`quvchi noto`liq oilada tarbiya oladi. Otasi A.D 2 yil oldin kasallik bilan vafot etgan. Onasi L.D ishlash uchun Turkiya davlatiga ketgan. Voyaga etmagan Z.A ko`rsatilgan manzilda 2 nafar akasi (biri oilali va ikkinchisi voyaga etmagan) bilan birga yashashgan.

O`quvchi 24, 26, 28 noyabr kunlari dars mashg`ulotlariga qatnashmagan, sababi o`rganilganda o`quvchining shamollagani aniqlangan. O`quvchi qiz qo`shnilar tomonidan yaxshi tavsiflanadi. Sinf rahbari va onasi o`rtasida doimiy uyali aloqa orqali muloqot qilib turilgan. O`quvchilar bilan uning o`rtasida hech qanday noxush holat kuzatilmagan.

Hozirgi vaqtda tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu holat atroflicha o`rganilmoqda, deyiladi xabarda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1