AsosiyJinoyat
3257

Angren hokimi yordamchisi ishdan bo`shashidan bir necha kun o`tib, o`zini otib, o`ldirdi

'Angren hokimi yordamchisi ishdan bo`shashidan bir necha kun o`tib, o`zini otib, o`ldirdi'ning rasmi

Angrenda sobiq hokim yordamchisi o`z joniga qasd qildi. Bu haqda “darakchi.uz”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, kecha, 2 dekabr kuni soat 15:00 larda Angren shahrining ”Ulug`bek” mahallasida yashovchi, to`rt farzandning otasi, 39 yoshli B.N. o`z xonadonida jonsiz holda topilgan. Aniqlanishicha, ”Ovchilik“ birlashmasiga qonuniy a`zo bo`lgan B.N. o`ziga tegishli bo`lgan ov qurolidan tanasining chap ko`krak sohasi qismiga taqab sochma qo`rg`oshinli o`qdan bir marotaga uzgan va olgan tan jarohati oqibatida voqea joyida vafot etgan. 

Holat yuzasidan olib borilgan surishtiruv ishlari davomida fuqaro B.N. Angren shahar “Dorilfunun” MFYda hokim yordamchisi lavozimida ishlagani va shu kunlardan ishdan bo`shagani ma`lum bo`lgan. Shuningdek, u otasining vafotiga ko`p bo`lmagani bois tushkun kayfiyatda yurgani aniqlangan.

Hozirda holat bo`yicha qo`shimcha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar