1

Toshkentdagi masjidlardan biri O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti sharafiga nomlandi

Jamiyat 13.09.2016, 11:08
Teglar: Toshkent, Islom Karimov
Toshkentdagi masjidlardan biri O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti sharafiga nomlandi

Toshkent shahri Farg`ona yo`li ko`chasidagi jome` masjidining yangilangan binosi tez kunlarda nihoyasiga etadi. 

Mazkur masjidning ta`mirlash ishlariga Lola Karimova-Tillaeva va uning turmush o`rtog`i boshchilik qildi. Bu haqda Lola Karimova-Tillaeva o`zining Instagram`dagi sahifasida shunday deydi:

“Azizlar, Zulhijja oyining ushbu muborak kunlarida xushxabar bilan sizlar ila o`rtoqlashmoqchiman. Toshkent shahrimizning eng qadimiy masjidlaridan biri bo`lmish, “Farg`ona yo`li” ko`chasida joylashgan jome` masjidining yangilangan binosi qurilishi tez kunlarda nihoyasiga etadi. Masjidning binosi 2015 yilning bahor oyida sodir bo`lgan yong`in natijasida deyarli butkul vayron bo`lgan edi. 

Ushbu masjidni qayta tiklashdek savobli ishni bajarish bahtini men va turmush o`rtog`imga nasib aylagani uchun mehribon Parvardigorga beadad shukronalar va hamdu-sanolar aytaman.

Mamlakatimiz diniy ulamolari hamda keng jamoatchilik taklifiga binoan namozgohga “Islom ota” jome` masjidi nomi berildi.

Alloh taolodan rahmatli otamning diniy qadriyatlarni tiklash, Vatan ozodligi, yurt tinchligi va el farovonligi yo`lidagi solih amallarini qabul aylab, O`z mag`firatiga olishi hamda oxiratlarini obod etishini iltijo qilamiz.

Masjidni tiklash ishlari o`tgan yilning so`ngida boshlanib 9 oy davom etdi. Bugun jome` masjidining umumiy maydoni qariyb ikki barobar oshgan bo`lib, 2900 kvadrat metrdan 5400 kvadrat metrgacha kattalashdi. Endi masjidda 560 kishi namoz amallarini ado etishi mumkin. 

Masjidning asosiy binosi balandligi 22,1 metrni tashkil etuvchi gumbaz, 36,65 metrlik katta minora va har birining balandligi 10,82 metr bo`lgan to`rtta kichik minoralardan iborat.

Majmuaning loyihalashtirish va qayta tiklash ishlarida me`mor va quruvchilar Markaziy Osiyoda masjidlar qurish qoidalariga to`liq amal qildilar. Masjid binosining ichki va tashqi tomonlaridagi ko`plab naqshlar ham Markaziy Osiyo me`morchilik maktabi an`analariga mansub holda yaratildi. Masjid ichkarisida gumbaz va devorlarga muqaddas Qur`oni Karim oyatlari malakali hattotlar tomonidan ganch bilan ishlanib yozilgan.

Yangi qurilgan majmuada kutubxona va tahorat xonalari ham barpo etildi. Imkoniyati cheklangan insonlar uchun zarur uskunalar, havoni tozalab beruvchi qurilma va kondisionerlar tizimi moslab o`rnatildi. Masjid hovlisida dam olish joylari ham yaratildi”.

Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1