AsosiyJamiyat

Xorazmda 9 kishilik oila is gazidan zaharlandi

'Xorazmda 9 kishilik oila is gazidan zaharlandi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Xorazm viloyatining Yangibozot tumanida 2 nafar inson  is gazidan zaharlanib, vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, bugun, 8 dekabr kuni soat 08:51 larda Yangibozor tumani tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo`limi dispetcheridan tuman FVBga xabar kelib tushgan. Shifokorlar Yangibozor tumani Bog`olon qishlog`ida yashagan 1958-yilda tug`ilgan J.R hamda nevarasi — 2009 yilda tug`ilgan R.B. ning uyida vafot etganligini bildirishgan. 

Dastlabki surishtiruvlar natijasiga ko`ra, voqea sodir bo`lgan xonadanda 9 nafar fuqaro bo`lganligi, shulardan 2 nafari vafot etganligi va qolgan 7 nafari tuman shifoxonasida tibbiy ko`rikdan o`tkazilganligi va ularning sog`ligi yaxshi bo`lganligi uchun uyiga ruxsat berilgan. 2 nafar fuqaro vafot etganligi bo`yicha STE tayinlangan. Holat yuzasidan tergovni Yangibozor tumani prokuraturasi olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar