Sal avval Toshkent viloyati IIBB JXX YHXB xodimlarining ayrimlari oylik maoshni o`z vaqtida olmaganliklari haqida xabar berilgan edi. Ayni paytda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, xodimlarga maoshlari to`lab berilgan.
"Mazkur holat shaxsan Ichki ishlar vazirining o`rinbosari Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig`i B.Abdullaev hamda YHXX boshlig`i O.Saidovlar tomonidan nazoratga olinib, kechiktirilgan maoshlar bugunning o`zida xodimlarga to`lab berilishi ta`minlandi. IIO sohasiga befarq bo`lmagan ijtimoiy tarmoq faollariga minnatdorchilik bildiramiz", - deyiladi xabarda.