Ahmad Zakaev, shuningdek, Myunxen sudi chechen bloggeri Tumso Abdurahmonovning tirikligini e`lon qildi. Bu haqda "Kavkaz. Realii" nashriga tayanib "meduza" xabar qilmoqda.
Chechenistonlik sobiq dala qo`mondoni Ahmad Zakaevning so`zlariga ko`ra, avvalroq OAV tomonidan qotilligi haqida xabar berilgan chechen bloggeri Tumso Abdurahmonov tirik. Ma`lum qilinishicha, Abdurahmonov Shvesiya polisiyasi himoyasida.
Eslatib o`tamiz, Tumso Abdurahmonovning o`ldirilishi haqidagi ilk xabarlar 1 dekabr kuni paydo bo`lgan edi. Huquq himoyachilarining aytishicha, u akasi bilan aloqani to`xtatgan. Bir necha kundan keyin uning o`ldirilishi haqida Checheniston muxolifatining 1ADAT telegram kanali, shuningdek, uning sheriklariga ishora qilgan Ozodlik radiosi xabar berdi. Abdurahmonov so`nggi yillarda yashagan Shvesiya polisiyasi uning o`ldirilishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.
8 dekabrga kelib, na uning qarindoshlari, na Shvesiya polisiyasi va na Checheniston rasmiylari Tumso Abdurahmonovning o`ldirilishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi.
Ma`lumot uchun: Tumso Abdurahmonov Checheniston rasmiylari haqida tanqidiy fikrlari bilan tanilgan. 2015 yilda u Ramzan Qodirovning qarindoshlaridan biri bilan mojarodan so`ng Rossiyani tark etgan. Abdurahmonov Shvesiyada siyosiy qochqin maqomini oldi. 2020 va 2021 yillarda Abdurahmonov va uning ukasi Muhammadning hayotiga suiqasd qilingan. 2021 yil dekabr oyida Tumso Abdurahmonov Chechenistonda uning to`qqiz nafar qarindoshi o`g`irlab ketilgani haqida xabar bergan edi.