O`zbekiston Respublikasi hukumati tarkibiga o`zgartirishlar kiritildi. Bu haqda hukumat portalida xabar berildi.
Kiritilgan o`zgarishlarga ko`ra, Ikramov Adxam Ilxamovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Sog`liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi
2016 yil 13 sentyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4832-son farmoniga muvofiq Ikramov Adxam Ilxamovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Sog`liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi, shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Sog`liqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari kompleksi rahbari lavozimidan ozod etildi.
Aripov Abdulla Nig`matovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi
2016 yil 13 sentyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-4831-son farmoniga muvofiq Aripov Abdulla Nig`matovich O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari, Yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikasiyalari masalalari kompleksi rahbari lavozimiga tasdiqlandi.





