Ijtimoiy tarmoqlarda Angrenda neft bazada truba yorilib, juda katta miqdordagi toza benzin oqib ketayotgani va odamlar idishlarga solib olayotgani aks etgan video tarqldi.
Holat bo`yicha korxona boshlig`i D.Azimov rasmiy ma`lumot taqdim etdi.
"Joriy yilning 10 dekabr kuni taxminan soat 20.10 da Angrenneftebazasi hududida 5000m(kub) hajmdagi 20-sonli sig`im (rezervuar) sifonining jo`mragi havo harorati pasayishi munosabati bilan muzlab yorilish yuz bergan. Natijada sig`imda bo`lgan AI-80 benzin yoqilg`i mahsuloti 11 500 litr to`kilgan. Sodir bo`lgan avariya holati zavod ishchi-xodimlari tomonidan shu kunning o`zida soat 20.45 da bartaraf qilingan. Hech kimga jiddiy zarar etkazilmagan", - deyiladi xabarda.