AsosiyJamiyat

Surxondaryodagi gaz "zapravka"larga cheklovlar joriy etildi

'Surxondaryodagi gaz "zapravka"larga cheklovlar joriy etildi'ning rasmi

Surxondaryo viyalotidagi avtomobillarga tabiiy gaz to`ldirish shoxobchalariga vaqtinchalik cheklovlar joriy etildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi. 

Ma`lum qilinishicha, aholi va ijtimoiy soha ob`ektlarini tabiiy gaz bilan ta`minlash maqsadida Surxondaryo viloyatida joylashgan avtomobillarga gaz qo`yish kompressor shahobchalari (AGTKSh)ga etkazib berilayotgan tabiiy gaz ta`minotini vaqtinchalik cheklash bo`yicha reja-jadval tasdiqlandi.

Rejaga ko`ra, belgilangan AGTKSh juft kunlarida soat 7-00dan 15-00 ga qadar, ayrimlari esa toq kunlarida soat 7-00dan 15-00ga qadar tabiiy gaz bilan ta`minlanishi belgilangan.  

"Hurmatli iste`molchilar, amaliyotga joriy etilayotgan choralar vaqtinchalik bo`lib, munosib shart-sharoit paydo bo`lishi bilan barcha AGTKSh odatdagi ish tartibiga qaytadi. Noqulayliklar uchun barcha iste`molchilardan uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

 

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar