AsosiyJamiyat

“O`zbekiston havo yo`llari” yangi Boeing-787-8 Dreamliner samolyotida birinchi xalqaro qatnovni bajardi

9 sentyabr soat 19.00 da “O`zbekiston havo yo`llari” MAKning “orzudagi layneri” poytaxt aeroportidan uchib Olmaota shahrining (Qozog`iston) aeroportiga muvaffaqiyatli borib qo`ndi.

MAKning yangi laynerini O`zbekiston Respublikasining Qozog`istondagi elchixonasi xodimlari, aeroport rahbariyati, mahalliy vazirlik va idoralar, OAV vakillari kutib olishdi. Olmaota xalqaro aeroporti Boeing-787-8 Dreamliner rusumidagi samolyotni ilk marotaba qabul qildi va xizmat ko`rsatdi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston havo yo`llari Milliy aviakompaniyasi yangi Boeing-787-8 Dreamliner samolyotini joriy yilning 5 sentyabridan boshlab ekspluatasiya qila boshladi.

Boshqa yangiliklar