AsosiyJamiyat

"Tartibni buzib qo`ymaslik uchun namoyishlar uyushtirish tartibini bilib qo`yaylik". Rasul Kusherbaev blogerga qo`yilgan ayblov bo`yicha izoh talab qildi

'"Tartibni buzib qo`ymaslik uchun namoyishlar uyushtirish tartibini bilib qo`yaylik". Rasul Kusherbaev blogerga qo`yilgan ayblov bo`yicha izoh talab qildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, kecha, 13 dekabr kuni Farg`ona viloyatida, jinoyat ishlari bo`yicha O`zbekiston tuman sudida bloger Olimjon Haydarovga nisbatan ma`muriy huquqbuzarlik to`g`risidagi ish ko`rib chiqildi. U Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 201-moddasi (yig`ilishlar, mitinglar, ko`cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o`tkazish tartibini buzish) 1-qismi va 202-2-moddasi (yolg`on axborot tarqatish) 2-qismida nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda ayblandi.

Sud qarori bilan bloger yuqorida moddalarda nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etgan deb topilib, unga bir necha huquqbuzarlik uchun ma`muriy jazo qo`llash tartibida BHMning 70 baravari – 21 mln so`m miqdorida jarima jazosi belgilandi.

Ayni paytda blogerga qo`yilgan ayblov va unga berilgan jazo keng muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Jumladan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbaev o`z sunosabatini e`lon qildi. 

"Sud fuqaro, bloger Olimjon Haydarovni "yig`ilishlar, mitinglar, ko`cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o`tkazish tartibi"ni buzgan, deb topib, buning uchun unga jazo belgilabdi. Shaxsan men shu kunga qadar "yig`ilishlar, mitinglar, ko`cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o`tkazish tartibi"ni ko`rmadim ham o`qimadim ham. Qidirib ham topolmayapman. Ichki ishlar vazirligi mas`ullaridan ham so`radim, yo`q ekan.

Suddan iltimos qilamiz: boshqalar ham tartibni buzib qo`ymasligi uchun o`sha o`zlariga ma`lum "yig`ilishlar, mitinglar, ko`cha yurishlari yoki namoyishlar uyushtirish, o`tkazish tartibi"ni bizlarga ham ma`lum qilib, tushuntirib berishsin.

Agarki tartibni buzgan, deb topibdimi, demak bu tartib sudga ma`lum. Shu bois, Oliy suddan javob kutamiz", - deb yozib qoldirgan Kusherbaev. 

 

    Boshqa yangiliklar