AsosiyDunyo

Evroittifoq Ukrainaga 30 million LED lampalari sotib olish uchun mablag` ajratadi

'Evroittifoq Ukrainaga 30 million LED lampalari sotib olish uchun mablag` ajratadi'ning rasmi

Evropa Ukraina uchun 30 millionga yaqin yorug`lik diodli lampalar (LED) sotib olish uchun mablag` ajratadi. Bu haqda Evrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyaen aytib o`tdi, deya yozmoqda "zamon.uz".

“Biz hammamiz Prezident Zelenskiyni diqqat bilan tingladik, u Ukraina uylari uchun 50 million LED lampalar taqdim etish uchun xalqaro hamjamiyatga murojaat qildi. Bu muhim, chunki ular eski lampochkalarga qaraganda 88 foizga tejamkor. Bu favqulodda energiya tejash. 50 million LED lampalar o`rnatilsa, ular 1 GVtgacha elektr energiyasini tejaydi, bu bitta atom elektr stansiyasining yillik ishlashiga tengdir”, — dedi u.

Fon der Lyaen boshqa mamlakatlarni bunday lampalarni sotib olishni moliyalashtirishga qo`shilishga chaqirdi. Uning so`zlariga ko`ra, allaqachon Donesk, Zaporoje, Dnepropetrovsk, Nikolaev viloyatlaridagi shifoxonalarda doimiy elektr ta`minotini ta`minlash uchun 14 ta yirik generator taqdim etilgan. Bular elektr energiyasiga muhtoj kasalxonalardir.

Bundan tashqari, yana 800 ta generator mamlakatning boshqa hududlariga yuboriladi. 

Polshada shu hafta ish boshlaydigan energetika tovarlari markazi yaratilmoqda. Bu omborlar tarmog`i bo`lib, u erda tovarlar yig`ilib, tezda Ukrainaga jo`natiladi.

Ma`lumot uchun, Parijda Ukraina xalqi bilan birdamlik yoki energetika “Ramshteyn” xalqaro konferensiyasi bo`lib o`tmoqda. Bu shunday formatdagi birinchi uchrashuvdir. Ittifoqchi davlatlarning Ukrainaga harbiy yordam ko`rsatish bo`yicha uchrashuvlari  “Ramshteyn” deb nomlanadi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar