Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining ettinchi kuni O`zbekiston terma jamoasi uchun ancha omadli bo`ldi.
Engil atletika musobaqasining nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan o`zbekistonlik Aleksandr Svechnikov Paralimpiya o`yinlari rekordi bilan oltin medalni qo`lga kiritishga muvaffaq bo`ldi.
Hamyurtimiz nayzani 65,69 metrga uloqtirib, O`zbekiston delegasiyasiga hisob bo`yicha 7-oltin medalni taqdim qildi.





