Rio–2016 Paralimpiya o`yinlarining ettinchi kunidan o`rin olgan engil ateltika bahslarida ishtirok etgan o`zbekistonlik sportchilar yuqori pog`onalarni egallashdi.
Jumladan, ayollar o`rtasida yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Sofiya Burxonova 15,5 metr natija bilan kumush medalni qo`lga kiritdi.

Erkaklar o`rtasidagi yadro uloqtirish bahslarida ishtirok etgan vakilimiz Husniddin Norbekov 15,7 metr natija bilan Paralimpiya o`yinlarining bronza medaliga sazovor bo`ldi.

Avvalroq engil atletikaning nayza uloqtirish bahslarida ishtirok etgan O`zbekisto vakili Aleksandr Svechnikov Paralimpiya chempioni bo`lgani haqida xabar bergandik.





