Ukraina prezidenti idorasi FIFA’dan Qatarda bo`lib o`tayotgan JCh so`nggi uchrashuvi oldidan maydonda Vladimir Zelenskiyning tinchlik haqidagi murojaatini efirga uzatishni so`ragan. FIFA rahbariyati Zelenskiyning bu iltimosini rad etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Ukraina prezidenti idorasida FIFA’ning iltimosni rad etishi hayrat bilan kutib olingan.
"Biz FIFA o`z maydonlaridan yaxshi maqsadda foydalanishni xohlaydi deb o`ylagandik",– deydi Ukraina vakili CNN manbasiga ko`ra.
Ma`lum qilinishicha, rad javobi olinishiga qaramay, FIFA bilan muzokaralar davom ettirilmoqda.
Ma`lumot uchun: Qatarda bo`lib o`tayotgan jahon chempionati final uchrashuvi 18 dekabr kuni Argentina va Fransiya terma jamoalari o`rtasida Lusail stadionida o`tkaziladi. O`yin Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.