AsosiyJamiyat

Toshkentda universitetning 2 nafar talabasi 5 ming AQSh dollari bilan qo`lga olindi (video)

'Toshkentda universitetning 2 nafar talabasi 5 ming AQSh dollari bilan qo`lga olindi (video)'ning rasmi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining Toshkent shahar boshqarmasi bilan hamkorlikda poytaxtimizda o`tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida firibgarlik bilan bog`liq noqonuniy holatlarga chek qo`yildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga DXX matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Jumladan, Olmazor tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yashovchi 6 nafar shaxs o`zaro kelishgan holda Chilonzor tumanida joylashgan ko`chmas mulk inshootini soxta hujjatlardan foydalangan holda go`yoki o`zlariga tegishli ekanligini aytib, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga uning 150 ming AQSh dollari miqdoridagipul mablag`ini o`zlashtirmoqchi bo`lgan vaqtlarida qo`lga olindi.

Yashnobod tumanida o`tkazilgan tezkor tadbirda esa Toshkent viloyatining Bekobod va Bo`ka tumanlarida yashovchi, Toshkent shahridagi oliy ta`lim muassasalaridan birining 2 nafar talabasi arizachining ukasini O`zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga  5 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ushlandi. 

Boshqa holatda esa Sergeli tumanida yashovchi, 1984 y.t. shaxs mansabdor tanishlari orqali Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yashovchi fuqaroning Butunrossiya davlat adliya universitetini tamomlaganligi to`g`risidagi diplomini nostrifikasiya qilish bo`yicha imtihondan o`tishida yordam berish evaziga undan 4 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi. 

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar