AsosiyJinoyat

Toshkentda 500 litr dizel yonilg`isini noqonuniy olib ketayotgan shaxs ushlandi

'Toshkentda 500 litr dizel yonilg`isini noqonuniy olib ketayotgan shaxs ushlandi'ning rasmi

15 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Nazarbek” yo`l patrul postida fuqaro A.Yu. boshqaruvidagi Gazel rusumli avtomobil yukxonasida F.Ya. ga tegishli bo`lgan 500 litr dizel yonilg`isi nostandart elim idishlarda yong`in va texnika xavfsizligi qoidalariga zid ravishda olib ketayotgan vaqtida ushlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Hozirda ushbu holat bo`yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o`tkazilmoqda.

Vazirlikning ma`lum qilishicha, neft mahsulotlarini noqonuniy saqlash, tashish va sotish insonlar hayoti va mol mulkiga jiddiy zarar etkazishi hamda og`ir asoratlar qoldirishi mumkin. 

Bu kabi noqonuniy holatlar aniqlanganda, birinchidan, aniqlangan neft mahsulotlari musodara bo`ladi. Shuningdek, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan o`n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar