Buxoro viloyati Olot tumaniga qariyb 10 yil rahbarlik qilgan sobiq hokim qamaldi. Bosh prokuratura ushbu ma`lumotni "Darakchi.uz" so`roviga asosan taqdim etdi.
Ma`lum qilinishicha, sobiq hokim o`z faoliyati davomida davlat manfaatlariga juda ko`p miqdordagi zarar etkazgani aniqlangan.
Aniqlovga asosan, shu yil 17 dekabr kuni Buxoro viloyat prokuraturasining ish yurituvidagi jinoyat ishi doirasida ayblanuvchuga JKning 205 va boshqa moddalari bilan ayblov e`lon qilinib, qamoqqa olingan.
Ma`lumot o`rnida, ayblanuvchi 2020 yilda Olot tumani hokimligidan bo`shatilib, Qorako`l tumani hokimi etib tayinlangan. 2021 yil 23 dekabr kuni esa ushbu lavozimdan ham olingan.






