AsosiyJamiyat

Andijon va Jizzax viloyatlarida 900 mln so`mlik gaz hisoblash uskunalari talon-toroj qilindi

'Andijon va Jizzax viloyatlarida 900 mln so`mlik gaz hisoblash uskunalari talon-toroj qilindi'ning rasmi

Andijon hamda Jizzax viloyatlarida gaz hisoblash uskunalarini talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura Departamenti xabar berdi.

Ma`lum qilinishicha, Departamentning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan «Hududgaz Andijon» gaz ta`minoti filiali bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu filialning Andijon shahar bo`limi mansabdor shaxslari va boshqalar 839 million so`mlik gaz hisoblash uskunalarini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Sharof Rashidov tumani bo`limi tomonidan «Sharof Rashidov tumangaz» gaz ta`minot bo`limi bilan hamkorlikda o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ushbu bo`lim mansabdor shaxslari jami 93 million so`mlik gaz hisoblash uskunalarini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar