AsosiyJamiyat

⚡️ O`zbekistonda "Mening birinchi uyim" yangi ipoteka dasturi boshlanadi

'⚡️ O`zbekistonda "Mening birinchi uyim" yangi ipoteka dasturi boshlanadi'ning rasmi

Yangi uy-joylar qurish hajmlari 1,5 barobarga oshiriladi. Bu haqda Prezident Oliy Majlis va o`zbek xalqiga yo`llayotgan Murojaatnomasida ma`lum qildi. 

"Konstitusiyamizga aholining munosib hayot kechirishi va uy-joyga ega bo`lishi to`g`risidagi yangi moddalarni kiritish lozim, deb hisoblayman.  

Aholi uchun yangi uy-joylar qurish hajmlarini 1,5 barobarga oshirib, 90 mingga etkazamiz. Bunda, ikki yil oldin boshlangan imtiyozli shartlarda ipoteka berish davom ettiriladi. Kelasi yilda Toshkent viloyatida  “MENING BIRINChI UYIM” yangi ipoteka dasturi boshlanadi.

Dastur doirasida, birinchi navbatda turar-joyga ehtiyoji bor hamda yosh oilalar uchun eng qulay shartlar asosida uy-joylar barpo etiladi", — Shavkat Mirziyoev.

    Boshqa yangiliklar