AsosiyJamiyat

Haddan tashqari sovuq va tuman tufayli Andijon aeroporti yopildi

'Haddan tashqari sovuq va tuman tufayli Andijon aeroporti yopildi'ning rasmi

Haddan tashqari sovuq va tuman tufayli ko`rinish chegarasining pasayishi (50 m) Andijon xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qo`ydi, deya xabar bermoqda "UZBEKISTAN AIRPORTS".

Xususan, Andijondagi noqulay sharoitlar tufayli “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining HY049 (Andijon — Samarqand), HY050 (Samarqand — Andijon), HY092 (Andijon — Toshkent) yo`lovchi reyslari bekor qilindi.

Yo`lovchilarga aeroport rahbariyati tomonidan chipta pulini qaytarish jarayoni haqida ma`lumot berilgan.

Andijon aeroporti ma`lumotlariga ko`ra, o`ta sovuq tuman ertagacha davom etishi kutilmoqda.

    Boshqa yangiliklar