2022/2023 o`quv yili uchun magistratura qishki qabuli boshlandi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar bugun 20 dekabrdan 2023 yil 10 yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro`yxatdan o`tishlari mumkin.
Tanlov natijalari bakalavriat diplomining o`rtacha ballari asosida aniqlanadi.
Ma`lumot uchun, Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023 o`quv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qat`i nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.
Muhim jihati o`qishga qabul qilingan talabalar o`qishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qo`lga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestasiyasiga ruxsat etilmaydi.






