AsosiyJamiyat

Davlat mulkini xususiylashtirish 2026 yilgacha 25 dan ortiq faoliyat turida monopoliyaga barham berish imkonini beradi — Jamshid Xodjaev

'Davlat mulkini xususiylashtirish 2026 yilgacha 25 dan ortiq faoliyat turida monopoliyaga barham berish imkonini beradi — Jamshid Xodjaev'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o`rinbosari – investisiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xo`jaev O`zbekiston-Saudiya Arabistoni biznes-forumida nutq so`zlamoqda:

"Iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish va xususiylashtirish asosiy maqsadlarimizdir. So`nggi yillarda O`zbekistonda 1 200 ta davlat korxonasi xususiylashtirildi.  

Kelgusi yilda yana mingga yaqin korxona va ob`ektni xususiylashtirish niyatidamiz. Davlat mulkini xususiylashtirish 2026 yilgacha 25 dan ortiq faoliyat turida monopoliyaga barham berish imkonini beradi".

"Biz bank-moliya sohasida islohotlarni chuqurlashtirish, jumladan, sog`lom raqobatni shakllantirish, xorijiy banklarni faol jalb etish, davlat banklari ulushini qisqartirish, samarali fond bozorini yaratishni maqsad qilganmiz.  

Banklarni tijoriylashtirish davom ettirilib, bank aktivlarida xususiy sektorning ulushi 60 foizga etkaziladi", — Xo`jaev

    Boshqa yangiliklar