AsosiyJinoyat

Qoraqalpog`istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasi quriladi

'Qoraqalpog`istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasi quriladi'ning rasmi

Bugun, 23 dekabr kuni Toshkent shahrida Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi bilan Qoraqalpog`istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo`lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo`yicha shartnoma imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Mazkur yirik quvvatli shamol elektr stansiyasi 2026 yilda ishga tushirilishi, yiliga 5,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi va buning natijasida yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishi rejalashtirilgan.  

Ahamiyatlisi, stansiyada 300 MVt/550 MVt-soat elektr saqlash kimyoviy batareyalari (akkumulyatorlar) o`rnatiladi. Ushbu batareyalar shamol turbinalaridan chiquvchi o`zgaruvchan elektr energiyasini rostlab beradi.

    Boshqa yangiliklar