AsosiyJamiyat

O`zbekistonning “Biznesda poraxo`rlik xavfi” global indeksidagi o`rni 16 pog`onaga yaxshilandi

'O`zbekistonning “Biznesda poraxo`rlik xavfi” global indeksidagi o`rni 16 pog`onaga yaxshilandi'ning rasmi

“TRACE International” xalqaro assosiasiyasi 2022 yilning “Biznesda poraxo`rlik xavfi” global indeksini e`lon qildi. Unga ko`ra, O`zbekiston 58 ball bilan 131-o`ringacha ko`tarilgan, 2021 yilda esa 59 ball bilan (1 baldan 100 ballgacha baholanadi, 1 ball – eng ijobiy) 147-o`rinni egallab turgan edi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi. 

Bu yilgi ma`lumotlarga ko`ra, Shimoliy Koreya, Turkmaniston, Ekvatorial Gvineya, Suriya va Venesuelada tijoriy poraxo`rlik xavfi eng yuqori, Norvegiya, Yangi Zelandiya, Shvesiya, Shveysariya va Daniya esa eng past ko`rsatkichlarga ega.

Mintaqamizda indeksdagi ijobiy o`zgarishlar faqat ikki davlatda, jumladan, O`zbekistonda kuzatilmoqda.

Ma`lumot uchun: TRACE Matrix indeksi kompaniyalarga ma`lum bir mamlakatda biznes yuritishda korrupsiyaga duch kelish xavfini baholab beruvchi vosita sifatida ishlab chiqilgan. Indeks 2014 yildan beri e`lon qilinib kelinmoqda.

    Boshqa yangiliklar