1

Deputatlar davlat byudjetining ijrosini ko`rib chiqdilar

Jamiyat 16.09.2016, 11:17
Teglar: O`zbekiston
Deputatlar davlat byudjetining ijrosini ko`rib chiqdilar

15 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda deputatlar Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarining 2016 yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi to`g`risidagi hisobotni ko`rib chiqdilar. 

Majlisda tegishli vazirliklar va idoralarning rahbarlari, soha ekspertlari, ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar, deya xabar beradi O`zA. 

Kun tartibidagi masala yuzasidan O`zbekiston Respublikasi moliya vazirining o`rinbosari M.Mirzaev ma`ruza qildi. 

Ta`kidlanganidek, iqtisodiyotni diversifikasiya qilish va tarkibiy o`zgartirish, ishlab chiqarishga eng zamonaviy, ilg`or texnologiyalarni joriy etish orqali uni modernizasiyalash jahon maydonida milliy iqtisodiyotni raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilmoqda. Xususan, hisobot davrida mamlakat yalpi ichki mahsulotining (YaIM) o`sishi 7,8 foizni tashkil etib, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi ham 6,7 foizga oshdi. 

Ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va kommunikasiya infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan faol investisiya siyosatining amalga oshirilishi o`zlashtirilgan kapital qo`yilmalar hajmini 11,8 foizga va pudrat-qurilish ishlari hajmini 17,5 foizga oshirish imkonini berdi. 

Yuqori iqtisodiy o`sish sur`atlariga tashqi savdo aylanmasining ijobiy saldosi, davlat byudjetining yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profisiti va inflyasiya darajasining pastligini ifoda etgan makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash orqali erishilgan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi muhokama davomida bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olgan holda, Vazirlar Mahkamasining O`zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg`armalari byudjetlarining 2016 yil birinchi yarim yillikdagi ijrosi to`g`risidagi hisobotini tasdiqlash haqida tegishli qaror qabul qildi. 

Sharhlar

O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
⚡️Qirg`iziston va O`zbekiston hamkorlikda ishlab chiqaradigan avtomobillarning narxlari e`lon qilindi

24.01.2023, 10:47

Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...
Putin O`zbekistondagi g`ayritabiiy sovuqlar haqida fikr bildirdi (video)

18.01.2023, 11:45

Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqtisodiy masalalar bo`yicha yig`ilish o`tkazdi va unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi sovuqlar haqida fikr bildirdi. Rossiya rahbari bosh vazir Mixail Mishustindan agrosanoat majmuasida...
Ozarbayjon va O`zbekiston Prezidentlari Ichan qal`ani aylanishdi (foto)

22.06.2022, 15:14

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Xiva shahriga tashrif buyurdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda. Kecha bo`lib o`tgan muzokaralar yakunida davlatimiz...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1