AsosiyJamiyat

Toshkent viloyatida uchta yuk mashinasi o`zaro to`qnashib ketdi

'Toshkent viloyatida uchta yuk mashinasi o`zaro to`qnashib ketdi'ning rasmi

Toshkent viloyatining Ohangaron tumani hududidan o`tgan avtomobil yo`lida uchta yuk mashinasi ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 22 dekabr kuni soat 12:30 larda Toshkent viloyati Ohangaron tumani hududidan o`tgan A-373 avtomobil yo`lining 161-kilometrida uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo`lgan.

Bunda "Uak" aholi yashash joyida svetoforning qizil ishorasida MAN va Isuzu transport vositasi to`xtab turgan vaqtda ularning ortidan Howo yuk mashinasi kelib urilgan. 

YTH Howo haydovchisi qalin tuman sabab oldinda turgan transport vositalarini ko`rmay qolgani sabab yuzaga kelgan. Hodisa oqibatida Isuzu’ning 44 yoshli haydovchisi jan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Ohangaron tumani IIB Tergov bo`limi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar