AsosiyJamiyat

Kusherboev parlamentda Inoyatovdan so`z so`rab ololmagani aks etgan video tarqaldi (video)

'Kusherboev parlamentda Inoyatovdan so`z so`rab ololmagani  aks etgan video tarqaldi (video)'ning rasmi

Oliy Majli Qonunchilik palatasining eng faol deputati Rasul Kusherbaev davlat byudjeti muhokamasiga bag`ishlangan parlament yig`ilishidagi holatlardan so`ng o`z deputatlik faoliyatini to`xtatishga qaror qilganini e`lon qildi. Uning bu qarori ortidan  Toshkent shahar xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashining O`zLiDeP partiyasidan deputat Nuriddin Zaynitdinov ham o`z xohishiga ko`ra deputatlik faoliyatini yakunlaganini ma`lum qildi

Qonunchilik palatasi deputati Doniyor G`aniev Kusherbaevning ketish qaroriga munosabat bildirar ekan bu Parlament uchun katta yo`qotish bo`lishidan afsuslandi. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining boshqa a`zolari, spiker Nurdinjon Ismoilov, Qo`mita raislari, spiker o`rinbosarlari, Kusherboevga so`z bermagan Inoyatov va O`zLiDeP raisi Aktam Xaitov hanuz ushbu holatga nisbatan munosabat bo`layotgani yo`q. 

Eslatib o`tamiz, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida joriy yilning 19 dekabr kuni bo`lib o`tgan majlisda “2023 yil uchun O`zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to`g`risida”gi qonun muhokamaga qo`yilgan.  Unda deputat Rasul Kusherboev qayta-qayta majlisga raislik qiluvchi spiker o`rinbosari – “Xalq” demokratik partiyasi raisi Ulug`bek Inoyatovdan so`z so`rab ololmagani  aks etgan video ijtimoiy tarmoqda tarqaldi. 

Videoda deputat Rasul Kusherboev bir necha bor qonun loyihasi bo`yicha fikrlari borligini aytib, so`z so`raganiga qaramay, U.Inoyatov mamlakatdagi islohotlar haqidagi matnni o`qishda davom etgan. 

Deputat hatto o`rnidan turib, qo`l siltab, ovozini balandlatishga ham majbur bo`lgan. Ammo foydasi bo`lmagach, deputat holatdan norozi bo`lib, zalni tark etgan.

Qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 22 dekabr kundagi majlisida qayta ko`rib chiqilgan. Majlisda Kusherboev ishtirok etmagan va qonun loyihasi tasdiqlangan. 

 

 

    Boshqa yangiliklar