AsosiyJinoyat

Jizzaxda er xotinini pichoqlab o`ldirdi

'Jizzaxda er xotinini pichoqlab o`ldirdi'ning rasmi

Jizzaxda er-xotin o`rtasidagi janjal o`lim bilan tugadi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, 2022 yilning 19 dekabr kuni soat 18.00.larda 1972 yilda tug`ilgan B.I. va turmush o`rtog`i N.I.lar o`rtasida oilaviy kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan. Janjal vaqtida B.I. qo`lida bo`lgan oshxona pichog`i bilan turmush o`rtog`ining o`ng elka qismiga urib tan jarohati etkazgan. Oqibatda 1975 yilda tug`ilgan N.I. og`ir tan jarohati olib RShTYoIMning Jizzax filialida ko`rsatilgan muolajalarga qaramasdan vafot etgan. B.I. prosessual tartibda ushlanib, vaqtincha saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan. 

Yuqorida qayd etilgan holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 104- moddasi 3- qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar