AsosiyJinoyat

Ikki kunda 12 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste`moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan

'Ikki kunda 12 mingdan ortiq xonadonning bir oylik iste`moliga teng tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan'ning rasmi

Joriy yil 21-22 dekabr kunlari Ishchi guruhlar tomonidan o`tkazilgan nazorat tadbirlari davomida hududlarda 3 ta holatda avtomobillarga gaz to`ldirish kompressor shoxobchalarida (AGTKSh) 7,3 mlrd so`mlik bo`lgan 7,3 mln kub metr hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Jumladan:

  • Qashqadaryo viloyati, G`uzor tumanida joylashgan “GAZXIZMATTA`MINOT” korxonasi tomonidan gaz hisoblash uskunasning o`lchov tarmog`iga tashqi ta`sir ko`rsatgan holda 2,9 mlrd so`mlik;
  • G`uzor tumanida joylashgan “TAZIB” MChJ tomonidan gaz hisoblash uskunasiga va o`rnatilgan muhrlarga tashqi ta`sir ko`rsatilgan holda 3,5 mlrd so`mlik;
  • Toshkent shahar, Yangihayot tumanida joylashgan “ENERGO MAShTRANS IMPEX” MChJ tomonidan o`zboshimchalik bilan gaz tarmog`i kirish zulfiniga o`rnatilgan bir marotabalik tamg`ani buzgan holda 921 mln so`mlik tabiiy gaz noqonuniy foydalanilganligi ma`lum bo`ldi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar