AsosiyJamiyat

Namanganda bank xodimlari fuqarolarning plastik kartasidan 86 mln so`mdan ortiq pullarni o`zlashtirib yubordi

'Namanganda bank xodimlari fuqarolarning plastik kartasidan 86 mln so`mdan ortiq pullarni o`zlashtirib yubordi'ning rasmi

Namangan viloyatida fuqarolarning plastik kartasidan 86 million so`mdan ortiq pullarni o`zlashtirgan bank xodimlariga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma`lum qilinishicha, Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi bir guruh fuqarolar ariza bilan murojaat qilib, ularning bank kartasidan jami 86 million so`mdan ortiq pullari noma`lum shaxs tomonidan echib olinganini bildirib, unga nisbatan qonuniy chora ko`rishlikni so`ragan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida pullarni o`zlashtirgan shaxslar Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi, 2000 yilda tug`ilgan, bank xodimi U.A. va uning ish o`rganuvchisi (stajyor) O.A. birgalikda amalga oshirgani aniqlangan.

Jinoyatchilar xizmat mavqeidan foydalangan holda mijozlar tomonidan ishonib topshirilgan bank kartalarini yangilab berish vaqtida bank kartalaridagi pullarni o`zlashtirgani ma`lum bo`ldi.

Mazkur holat yuzasidan ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`rilik) 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar