Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Chevrolet Onix xaridorlarning ishonchini oqlamaganligi uchun yanvar oyida Chevrolet Lacetti avtomobili uchun kontraktasiya ochilishi rejalashtirilayotganligi to`g`risida xabarlar keng tarqaldi. Ushbu masalaga UzAuto Motors rasmiy munosabat bildirdi:
UzAuto Motors kompaniyasi e`lon qilingan axborotni haqiqatga to`g`ri kelmasligini, axborotning feyk xabar ekanligini rasman ma`lum qiladi.
Hurmatli blogerlar va xaridorlar, sizdan shubhali manbalarga ishonmasligingizni va faqat UzAuto Motors kompaniyasining rasmiy kanallaridan axborot olishingizni so`raymiz, deyiladi xabarda.






