AsosiySport

O`zbekiston U-16 terma jamoasi ustozi Osiyo chempionatida yangi yulduzlar kashf etilishidan umidvor

Futbol bo`yicha O`zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Olimxo`jaev Osiyo chempionati “D” guruhi ishtirokchilari – Tailand, KXDR va Yaman terma jamoalari ustozlari bilan birgalikda tashkil qilingan matbuot anjumanida musobaqa haqida o`z fikrini bildirib, musobaqa davomida Osiyoning bo`lajak futbol yulduzlari kashf etilishiga umid qildirdi. Murabbiyning so`zlari O`FF matbuot xizmatining “Telegram”dagi rasmiy kanalida e`lon qilindi.

“Ushbu nufuzli musobaqada kuchsiz jamoaning o`zi yo`q. Saralash bosqichida munosib qatnashib, g`olib bo`lgan jamoalar bu erga tashrif buyurgan. Guruhimizdagi barcha raqiblar - hurmatga sazovor. Umid qilamanki ushbu musobaqada Osiyoning bo`lajak futbol yulduzlarini kashf qilamiz. O`zbekiston ushbu musobaqaga tayyor. Jamoa tarkibida jarohatlanganlar yo`q.

Birinchi raqibimiz - Tailand. Men murabbiylik faoliyatim davomida ko`p bora ushbu yurt jamoalari bilan to`qnash kelganman. Ushbu davlatda so`rggi yillarda futbol ancha rivojlandi va hamon rivojlanib bormoqda. Tailandga qarshi o`yinda ijobiy natijadan tashqari chiroyli o`yin bilan muxlislarni xursand qilmoqchimiz”, – dedi Temur Olimxo`jaev. 

Eslatib o`tamiz, U-16 Osiyo chempionati 15 sentyabr kuni Hindistonning Goa shahrida start olgandi. Mazkur musobaqa 2 oktyabrga qadar davom etadi.

Boshqa yangiliklar