AsosiyJamiyat

⚡️“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog`liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi (video)

'⚡️“Dok-1 Maks” dori vositasi bilan bog`liq holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atildi (video)'ning rasmi

Hindiston davlatining “Marion Biotech Pvt. Ltd” kompaniyasiga tegishli bo`lgan “Dok-1 Maks” dori vositaci mamlakatimizga “Quramax Medical” MChJ tomonidan import qilinib, savdoga chiqarilgan, deya xabar bermoqda DXX axborot xizmati.

Ta`kidlanishicha, preparat uy sharoitida bolalarga shifokor reseptisiz, ota-onalar tomonidan mustaqil yoki dorixona sotuvchilarining tavsiyasi bilan shamollashga qarshi vosita sifatida noto`g`ri qo`llanilgan.

Sog`liqni saqlash vazirligining laborator o`rganishlariga ko`ra, “Dok-1 Maks” siropining tarkibida mavjud bo`lgan “etilenglikol” moddasi bemor salomatligida jiddiy salbiy o`zgarishlarni keltirib chiqaradi.

Farmasevtika tarmog`ini rivojlantirish agentligining Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi xulosasiga ko`ra, “Dok-1 Maks” siropi me`yoriy hujjatda belgilangan talablarga javob bermaydi.



Hozirda holat yuzasidan Davlat xavfsizlik xizmatining Tergov boshqarmasi tomonidan “Quramax medical” MChJ hamda “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3 moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, gumonlanuvchi shaxslar DXX Tergov hibsxonasiga joylashtirildi.

    Boshqa yangiliklar