AsosiyJamiyat

“O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!”: dam olish kunlarida madaniy meros ob`ektlari va muzeylarga chegirmalar e`lon qilindi

'“O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!”: dam olish kunlarida madaniy meros ob`ektlari va muzeylarga chegirmalar e`lon qilindi'ning rasmi

Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan qo`shimcha dam olish kunlari uchun madaniy meros ob`ektlari va muzeylarga chegirmalar e`lon qilindi. 

Ma`lum qilinishicha, maqsad qo`shimcha dam olish kunlarida respublika aholisining “O`zbekiston bo`ylab sayohat qil!” dasturi doirasida maroqli dam olishini ta`minlash, har bir mahalliy sayyohga yurtimizdagi muzeylar va boshqa madaniy meros ob`ektlariga sayohat qilish imkonini yaratish va bu orqali ichki turizm ko`lamini yanada kengaytirishdir.

 Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 23 dekabrdagi “2023 yilda rasmiy sanalarni hisoblash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra 2023 yilda qo`shimcha dam olish kunlari belgilangan.

    Boshqa yangiliklar