AsosiyJamiyat

Ehtiyot bo`ling! O`zbekistonda sotilayotgan yana bir tibbiyot mahsuloti tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi modda borligi aniqlandi(video)

'Ehtiyot bo`ling! O`zbekistonda sotilayotgan yana bir tibbiyot mahsuloti tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi modda borligi aniqlandi(video)'ning rasmi

Farmasevtika sanoatini rivojlantirish agentligi internetda semirish, tug`ruqdan keyingi semirish va qorinning osilishi, ortiqcha ovqatlanish, gormonal buzilish holatlarida eng xavfsiz va samarali vazn yo`qotish vositalaridan biri sifatida sotilayotgan “FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder” ogohlantirmoqda.

Tarkibi 100% tabiiy giyohlardan tayyorlangan, organizmga hech qanday zarari yo`q mahsulotligi aytilib sotilayotgan ushbu mahsulot tarkibida kuchli ta`sir qiluvchi sibutramin moddasi borligi aniqlandi.

Agentlik tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirlar davomida O`zbekistonga noqonuniy yo`llar bilan olib kelingan “FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder”  preparati tarkibida sibutramin moddasi aniqlangan va huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Davlat markazining Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi ekspertining hisobotiga ko`ra, kapsulalarda sibutramin gidroxlorid monogidrat moddasi borligi aniqlangan.

Tarkibida sibutramin bo`lgan “FATZORB PLUS Natural Fat&Carbo Binder” mahsuloti na dori vositasi sifatida na biologik faol qo`shimcha sifatida O`zbekiston Respublikasida davlat ro`yxatidan o`tkazilmagan!

Amaldagi tartibga ko`ra, tarkibida kuchli ta`sir ko`rsatadigan dori vositalarini resept bo`yicha chakana sotish tartibini buzganlik uchun qonunchilikda ma`muriy va jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar