AsosiyJamiyat

Sirdaryoda qizaloq maktabga daryodan qayiqda suzib o`tib qatnamoqda(video)

'Sirdaryoda qizaloq maktabga daryodan qayiqda suzib o`tib qatnamoqda(video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda yosh qiz maktabdan qaytishda daryodan qayiqda suzib o`tayotgani aks etgan video tarqaldi. 

Sirdaryo viloyati FVB matbuot xizmati holat yuzasidan ma`lumot berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ko`plab muhokamalarga sabab bo`lgan daryodan qayiqda suzib o`tgan o`quvchi qiz voqeasiga viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Maxmudaliev e`tibor qaratgan.

Bugun viloyat rahbari Guliston tumani Sohilobod mahallasidagi 15-umumta`lim maktabiga tashrif buyurdi va videoda aks etgan holat ishtirokchisi, asli Toshkent viloyati Bekobod tumani Yangi hayot mahallasida yashovchi Zamira To`ychievaning onasi bilan samimiy suhbatda bo`lgan.

"Avvalo, qizingizni jasoratini ko`rib qoyil qoldim. Ilmga chanqoqligi shundoqqina ko`rinib turipdi. Chuqur ta`lim olishi uchun qo`limizdan kelgan barcha yordamni ko`rsatamiz!", — dedi viloyat hokimi.

Shuningdek, Zamira To`ychievaga o`qishda foydalanishi uchun noutbuk, kitoblar jamlanmasi hamda yangi yil sovg`alari tortiq etilgan.

 

    Boshqa yangiliklar