AsosiyJamiyat

"84 yoshli fuqaro gazni o`chirmagan". Toshkentda ko`p qavatli uyda sodir bo`lgan portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi

'"84 yoshli fuqaro gazni o`chirmagan". Toshkentda ko`p qavatli uyda sodir bo`lgan portlash bo`yicha qo`shimcha ma`lumot berildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun, 30 dekabr kuni soat 8:20lar atrofida Mirobod tumani, S.Azimov ko`chasi 5 uy, 35-xonadonda (1-kavat) portlash sodir bo`ldi. Holat yuzasidan Energetika vazirligi matbuot xizmati qo`shimcha ma`lumot taqdim etdi. 

Taqdim etilgan ma`lumotlarga ko`ra, xonadon egasi 84 yoshli fuqaro bo`lib, u gaz plitasidan foydalanib gazni o`chirmasdan qoldirganligi sababli, xonada gaz to`planib chaqnash sodir bo`lgan va u jarohatlangan. "Hududgaz" va "Poytaxt gaz" ta`minoti mas`ullari chaqnash joyiga etib borgan.

Holat yuzasidan yana qo`shimcha ma`lumot beriladi.

    Boshqa yangiliklar