AsosiyJinoyat

“O`rikzor savdo kompleksi”da qo`lga tushgan va sud majlisiga bormagan huquqbuzar...

'“O`rikzor savdo kompleksi”da qo`lga tushgan va sud majlisiga bormagan huquqbuzar...'ning rasmi

Kecha, 29 dekabr kuni jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tuman sudida, ochiq sud majlisida Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 185-1-moddasi (Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) da nazarda tutilgan huquqbuzarlik holati yuzasidan 2000 yilda tug`ilgan yigitga oid ma`muriy ish ko`rib chiqildi.  Bu haqda Toshkent shahar sudi Matbuot  xizmati "Darakchi.uz" xabar berdi. 

 Ma`lum bo`lishicha, huquqbuzar Uchtepa tumanida joylashgan “O`rikzor savdo kompleksi” AJning hududida hech qanday xujjatlarsiz, 20 000 so`m evaziga qonunga hilof ravishda 1-quti “Noviy Vek” nomli 111-dona pirotexnika vositalarini sotmoqchi bo`lgan. Ular daliliy ashyo sifatida IIO xodimlari tomonidan rasmiylashtirib olingan.

Sud majlisiga huquqbuzar tegishli tartibda chaqirtirilishiga qaramay, noma`lum sabablarga ko`ra kelmagan va kelmaslik sabablari haqida sudni ogohlantirmagan. Shunga ko`ra sud, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 294-moddasi 2-qismi talablariga asoslangan holda ishni huquqbuzarning ishtirokisiz ko`rib chiqishni lozim deb topdi.

Sud ushbu ma`muriy ishi yuzasidan to`plangan ish xujjatlarini tekshirib chiqib, MJtKning  276, 277-moddalari talablari bo`yicha sinchkovlik bilan, to`la, har tomonlama, xolisona baho berib, huquqbuzarning mazkur huquqbuzarlikni sodir etganlikdagi aybi dalillar: Uchtepa tumani IIO FMB xodimning bildirgisi, dalolatnoma, narsani olish to`g`risidagi bayonnoma, ma`muriy ish hujjatlariga ilova qilingan foto nusxalar, tushuntirish xatlari va ma`muriy ishidagi boshqa ob`ektiv dalillar bilan o`z isbotini to`liq topadi deb hisobladi.

To`lqin To`raqulov, jinoyat ishlari bo`yicha Uchtepa tuman sudi sudyasi:  

— Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 185-1-moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya`ni 1 500 000 so`m miqdorda jarima jazosi tayinlandi. Ashyoviy dalil sifatida olingan 1 quti “Noviy Vek” nomli 111 dona pirotexnika vositalarini tegishli tartibda yo`q qilinishi belgilandi.

    Boshqa yangiliklar