Toshkentdagi Bunyodkor va Muqimiy ko`chalari kesishuvida 16 sentyabrdan yo`l o`tkazgich qurilishi boshlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi.
“O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq, joriy yilning 16 sentyabridan Bunyodkor va Muqumiy ko`chalari kesishuvida uzunligi 600 metrga teng bo`lgan, olti qator yo`l tushadigan yangi ko`prik qurilishi boshlanishini ma`lum qilamiz. Toshkent shahar hokimligi ushbu inshootning bunyod etilishi jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo`lgan yo`l harakatidagi cheklanishlar hamda tirbandliklar haqida ogohlantiradi va noqulaychiliklar uchun oldindan uzr so`raydi”,—deyiladi xabarda.