Yangi yilni ko`ngildagiday kutib olish uchun qanday tayyorgarlik ko`rish kerak?
- Bayram taqvimini tuzing!
Yangi yilni ko`ngildagiday kutib olish uchun tayyorgarlikni bayram taqvimini tuzishdan boshlagan ma`qul. Xo`sh, u qanday tuziladi?
Bu bir oy yoki hafta uchun har bir kun davomida qilinadigan ishlarni ro`yxat qilishdir. Unda oddiy kundalik ishlar emas, kutilmagan tadbirlar yoki kichik sovg`alar o`rin oladi.
Bayram taqvimi uchun yorqin rangli kalendarni sotib oling yoki o`zingiz yasang. Dekabr oyining har bir kuni uchun uning cho`ntaklariga pechene, shirinliklar, mini-o`yinchoqlar yoki yoqimli yangi yil rasmlarini solishingiz mumkin. Shunday qilib, bolalar bayramni xush kayfiyatda kutishlari va sehrli muhitdan bahramand bo`lishlari osonroq bo`ladi.
- Yangi yil kayfiyatini yarating
An`anaga ko`ra, Yangi yil bayramini yorqin va quvnoq o`tkazish kerak.
Kayfiyatni ko`tarish uchun siz quyidagilarni qilishingiz mumkin:
- original va chiroyli taqinchoqlar yoki uy bezaklariyasash;
- bayram arafasida bolalar bilan qorda chana, chang`i o`yinlarini tashkil qiling;
- bayramni qanday nishonlashingizni eng mayda tafsilotlarigacha o`ylab ko`ring;
- antiqa va chiroyli karnaval liboslarini sotib oling.
- Mavzuga oid musiqa, sovuq, iliq choy, quvnoq muhit va yaqinlaringiz bilan yoqimli dam olish sizga unutilmas tuyg`ularni beradi.
- Qorbobo yasang
Bu ajoyib g`oya. Qorbobo yasash kayfiyatni ko`tarishga, quvnoq o`yin-kulgi bilan mashg`ul bo`lishga yordam beradi. Bu jarayonda oila bilan birgalikda o`tgan yorqin voqealarni eslatadigan fotosuratlarni ham olish mumkin bo`ladi.
- Keraksiz narsalardan xalos bo`ling
Yangi yilni toza varaq bilan boshlang. Keraksiz narsalar, o`yinchoqlar, hujjatlar va boshqa “umrini o`tab bo`lgan” narsalardankvartirani tozalang. Qo`shimcha narsalar va muammolar qolmaganda, siz yilning eng muhim bayramiga xotirjamlik bilan tayyorgarlik ko`rishingiz mumkin.
- Uyda tozalashni amalga oshiring
Yangi yil oldidan qilinadigan ishlar ro`yxatidagi muhim jarayon uyni bir boshdan tozalashdir. Siz nafaqat o`zingizning kayfiyatingizni, balki xonako`rinishini ham yaxshilashingiz kerak. To`liq tozalash uchun haftaning bir kunini ajrating.
- Archani bezating
Har qanday insonning hayotida archa Yangi yil bayramining asosiy ramzidir. Uni yangi 2023 yil ramziga mos ravishda o`ziga xos tarzda bezashga harakat qiling. Bolalarning istaklarini archa bezashdagi nuqtai nazarlarini inobatga oling. Shunday qilib, siz Yangi yil oldidan o`z oilangizda mo``jiza yarata olasiz.
- Bayramona taomnoma haqida o`ylab ko`ring
Yangi yil taomnomasi, qoida tariqasida, eng boy va o`ziga xosdir. 31 dekabrdan 1 yanvarga o`tar kechasi bayram dasturxoni uchun taomnoma tuzing hamda zarur mahsulotlar ro`yxatini yozing.
- Mehmonlarni taklif qiling
Yangi yil qiziqarli o`tishi uchun yaqinlaringizni mehmonga taklif qiling. Ko`pchilik bilan bayram yanada zavqli o`tishi shubhasiz. Ko`ngilochar o`yinlar va viktorinalar bilan mehmonlarga kayfiyat ulashish dasturini oldindan tayyorlang.
- Bolalar uchun o`yinlar tashkil qiling
Kichkintoylar faol o`yin-kulgilarni yaxshi ko`radilar. Ular uchun archaatrofida davralar, raqs hamda o`yinlar tashkil qiling. Bolalarni xursand qilish uchunyangi yil kayfiyatini beradiganmusiqalarini yuklab oling.
Manzura BAXTIYoR qizi tayyorladi
"Darakchi" gazetasi